🌍 Bilim dunyoni qutqaradi…

🔹Kuni kecha Qozog’istonning Chimkent shahrida Qozog‘iston, Tojikiston Qirg’iziston, O’zbekiston davlatlarining maktab o’quvchilari o‘rtasida Xalqaro olimpiada bo’lib o’tdi.

 

🔹Mazkur olimpiadada Bulung‘ur tumanidagi 3-, 11-, 13-, 46-, 57-umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari munosib ishtirok etib, 3 ta 1-o’rinni, 3 ta 2-o’rinni va 4 ta 3-o’rinni egalladi.

🔹G‘olib o‘quvchilarimiz tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi hamda Qatar davlatida bo’ladigan Xalqaro matematika fan olimpiadasiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.