🌍 Pedagoglar jamoasi kiberjinoyatlardan ogoh bo‘lishga chaqirildi.

🔹Bugun Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 14-umumiy o’rta ta’lim maktabining pedagog jamoasiga Samarqand viloyati IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan telegram guruhlari va kanallarni zararli ARK havolalaridan himoya qilish maqsadida ishlab chiqilgan videorolik qo‘yib berildi.

🔹Videorolik orqali o‘qituvchilar axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish haqida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.