🌍 Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida navbatdagi siyosiy ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi

🔹Joriy yilning 7-noyabr kuni Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari bilan navbatdagi siyosiy-ma’rifiy soat o‘tkazildi.

🔹Siyosiy-ma’rifiy soat avvalida mamlakatimiz hayotiga oid muhim yangiliklar to‘g‘risida videorlik namoyish etildi. Unda:

▫️ mamlakatimizda va xorijda yuz berayotgan dolzarb yangiliklar;
▫️ raqamli texnologiyalar va Sun’iy intellekt (SI) rivoji;
▫️ “Kitob, ilm, ziyo” loyihasi (Metro kutubxonalari), “Jadid” gazetasidagi maqolalar sharhi va “Kapalak effekti” nazariyasi;
▫️davlat xizmatchilarining huquqiy huquqiy savodxonligini oshirish haqida ma’lumotlar berildi.

🔹Haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan siyosiy ma’rifat soati bo‘lim xodimlarining siyosiy bilimlarini oshirib, ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.