🌿 🟢 Ta’lim muassasalarida”Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida seminarlar tashkil etilmoqda…

✅ Bugun Bulung‘ur tumanidagi 5-maktabda umumta’lim maktablarining xo‘jalik ishlari bo‘yicha direkor o‘rinbosarlari ishtirokida hamda 22-DMTTda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarlarda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i O.Jangirov ishtirok etib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, ta’lim tashkilotlarining hududini ko‘kalamzorlashtirish to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Seminar davomida 5-umumta’lim maktabi hududiga 250 tup mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, mo‘jazgina bog‘ yaratildi.
22-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hududi yer maydoniga 150 tup mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, “Yosh avlod bogÊ»i” yaratildi.