✅ Bugun Bulung‘ur tumanidagi umumta’lim maktablarining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida seminar bo‘lib o‘tdi




🌿Seminarlarda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i O.Jangirov ishtirok etib, ta’lim tizimida ekologik madaniyatni rivojlantirish yosh avlod qalbida tabiatga bo‘lgan munosabatni shakllantirishdan boshlanishini, ularni tabiatni sevishga va unga g‘amxo‘rlik qilishga o‘rgatish lozimligini ta’kidladi.
Bu borada “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, ta’lim tashkilotlarining hududini ko‘kalamzorlashtirish to‘g‘risida so‘z yuritdi





🌿Seminar davomida 15-umumta’lim maktabi filiali hududiga 100 tup mevali va 100 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, “Ma’naviyatchilar bogÊ»i” yaratildi.
