🎉 Bulung’ur tumanida “Raqamli avlod qizlari” tanlovining to’rtinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun Bulung’ur 22-maktabida zamonaviy texnologiyalar va innovatsion g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi “Raqamli avlod qizlari” tanlovi tuman bosqichining to’rtinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.

 

Tanlovda iqtidorli qizlar Taʼlim, Sunʼiy intellekt, Iqlim o‘zgarishi va Yashil iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z loyihalarini taqdim etdilar. 🌿💻📚🤖

Ushbu tanlov qizlarimizning:
raqamli savodxonligini oshirish,
ijodkorlik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, texnologiyaga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Bulung’ur tuman MMTB
matbuot xizmati.