📌“Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi 🕊

📍Bulung‘ur tumanidagi 1-umumta’lim maktabida 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.

📍Tanlovning maqsadi yoshlar o‘rtasida halollik, adolat va to‘g‘rilik qadriyatlarini targ‘ib etish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
O‘quvchilar tanlovda faol ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashda o‘z pozitsiyalarini namoyon etdilar.

Tanlov natijasiga ko‘ra:
🥇1-o’rinni 9-“B” sinf o’quvchisi Alimova Farangiz;
🥈2-o’rinni 9-“A” sinf o’quvchisi Rahmatullayeva Ruxshona;
🥉3-o’rinni 9-“A” sinf o’quvchisi Toshkanova Durdona egalladi.

👉 Mazkur tashabbus orqali yoshlar ongida halollik — eng oliy fazilat ekani haqida tushuncha yanada kuchaytirildi.

Hamda Bulung’ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 56-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida 9-10-11-sinf o’quvchilari  o’rtasida insholar tanlovi hamda 5-6-7-sinf o’quvchilari  o’rtasida rasmlar tanlovi o’tkazildi.