✅ Joriy yilning 18-fevral kuni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Bulung‘ur tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar (35 yoshgacha) o‘rtasida “Eng faol kitobxon” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.



shtirokchilar 3 ta shart (diktant yozish, test, og‘zaki savol-javob) asosida bellashishdi. Hakamlar hay’atining xulosasiga ko’ra:
– 1-o’rinni 30-maktab o‘qituvchisi Oysara G’oziyeva;
– 2-o’rinni 14-maktab o‘qituvchisi Gulrux Abdurasulova;
– 3-o’rinni 41-maktab o‘qituvchisi Ozoda Habibullayevalar egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi.
Yakunda g’oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
