🛡Joriy yilning 27-oktabr kuni Samarqand shahridagi 42-umumta’lim maktabda “Huquqshunoslik” fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
🔹 Adliya vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma qaroriga asosan tashkil etilgan ushbu olimpiadada 16 ta tuman (shahar) dan huquq fanining eng bilimdon 8–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.
🔹 Olimpiadaning viloyat bosqichida 3️⃣ ta shart asosida 50 nafar o’quvchi-yoshlar o’zaro bellashishdi.
🏆Bulung‘ur tumanidagi 54-maktab o‘quvchisi Akmalov Sherzod 11-sinflar o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, olimpiadaning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
👉Endi Alimov Sherzod respublika bosqichida 11-sinflar o‘rtasida viloyatimiz sharafini himoya qiladi!
❗️O‘quvchimizga respublika bosqichida ham omad tilaymiz.

