📣 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Iqtisod fan olimpiadasining Bulung’ur tuman bosqichi boshlandi

2025-yilda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO)da O‘zbekiston terma jamoasining ishtirok etishi rejalashtirilgan. Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tasarrufidagi umumiy o‘rta taʼlim maktablari, nodavlat maktablar hamda kasb-hunar maktablarining 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO)ga saralashning tuman bosqichi tuman markazidagi 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabida joriy yilning 12-noyabr kuni soat 14:00 da boshlandi. Maktab bosqichida g‘olib bo‘lgan 53 nafar 9-11-sinf o‘quvchilarimiz ishtirok etishmoqda.
Barcha ishtirokchilarimizga omad tilaymiz.

— Olimpiada bo’yicha YO’RIQNOMA
—Olimpiada o’tkaziladigan MANZIL
—Olimpiadaga oid ma’lumotlar bilan TELEGRAM kanalimizda tanishib borib olishingiz mumkin.