🔴 Ayni damda Bulung‘ur tumanidagi 11-son Madaniyat markazida “Turon” maktab teatri tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tmoqda.

❗️Bugun tanlovning 2-kunida 36-72-maktab jamoalari ishtirok etmoqda. Jamoalar ketma-ketligi qur’a tashlash yo’li bilan aniqlandi.

❗️O’quvchilar “Mening maktabim” sharti asosida o’zlari tahsil olayotgan ta’lim muassasasini sahnada jonlantirib berishdi.

❗️So‘ngra, II shart: “Teatr – ibratxona” sahna spektakli sharti bo‘yicha jamoalar bellashuvni boshlashdi.

❗️Ikki kun davomida saralab olingan jamoalar 5-mart kuni o‘tkaziladigan tuman bosqichida kuch sinashishadi.