🔴 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi

✅ “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Bulung’ur tumanidagi 42-maktabda 9-11-sinf o‘quvchi-qizlar o‘rtasida, 37-maktabda o‘g‘il bolalar o‘rtasida voleybol sport musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

❗️Musobaqada hudud bosqichlarida 1-2-o‘rinni egallagan 16 ta jamoa (8 ta o‘g‘il bolalar, 8 ta qiz bolalar) ishtirok etdi.
❗️Qiziqarli va keskin bahs-munozaralarga boy bo‘lgan musobaqa yakunida:

O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇1-o‘rinni 12-maktab jamoasi;
🥈2-o‘rinni 37-maktab jamoasi;
🥉3-o‘rinni 38-maktab jamoasi egalladi.

Qiz bolalar o‘rtasida:
🥇1-o‘rinni 43-maktab jamoasi;
🥈2-o‘rinni 14-maktab jamoasi;
🥉3-o‘rinni 48-maktab jamoasi egalladi.

Jamoalarni va ustozlarini yutuqlar bilan tabriklaymiz. 12-maktabning o‘g‘il bolalar jamoasiga va 43-maktabning qiz bolalar jamoasiga viloyat bosqichida tumanimiz sha’nini himoya qilishda omad tilab qolamiz.