✅ Bulung’ur tumanidagi 22-umumta’lim maktabida tuman Adliya bo‘limi hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi hamkorligida “Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” mavzusida ijodiy insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
📍Tanlovda tumandagi umumta’lim maktablarining 9-11-sinf o‘quvchilaridan 81 nafari ishtirok etishdi va yakunda:
– 3-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Jamolova Mohinur 1-o‘rinni;
– 2-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Apsamatova Zilola 2-o‘rinni;
– 11-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Fayzullaqulova Durdona va 44-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Xudoyberdiyeva Bahoralar 3-o‘rinni egalladi.
📍G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

