🔴 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilishi zarur vazifalar belgilab olindi.

❗️Bugun Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ O.jangirov videochat orqali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.

❗️Yig‘ilishda ob-havoning keskin sovishi munosabati bilan xonalar issiqligini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, tarbiyalanuvchilar uchun barcha shart-sharoyitlarni yaratish, yaroqli oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish va bolajonlarni sog‘lom ovqatlantirish, guruhlardagi bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ijro intizomi kabi masalalr tahlil qilindi.

❗️Yig‘ilish yakunida bo‘lim boshlig‘i tomonidan zaruriy tavsiyalar berildi hamda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.