❗️Bugun Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ O.jangirov 10-, 24-, 27-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tashrif buyurdi.
❗️Bo‘lim boshlig‘i tashrif davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi hamda qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun tarbiyalanuvchilarga barcha shart-sharoyitlarni yaratish bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriqlar va tavsiyalar berdi.

