🔹BOSHQARMA BOSHLIG‘I SAMARQAND SHAHRIDAGI 20-MAKTABNING 2-SINF O‘QUVCHILARI BILAN BIRGALIKDA MADHIYA KUYLADI
Bugun yurtimiz bo‘ylab “Kelajak soati” loyihasi doirasida umumta’lim maktablari o‘quvchilari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun “Millat qo‘shig‘i” mavzusiga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar o‘tkazildi


Samarqand shahridagi 20-umumta’lim maktabida bo‘lib 2- va 8- sinflarda o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Hamdamov ishtirok etib, o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining mazmun-mohiyati, undagi milliy g‘oya, qadriyatlar va mustaqillik ruhi haqida batafsil ma’lumot berib, madhiyaning har bir satrida xalqimizning tarixiy yo‘li, ertangi kun umidi va yurtga bo‘lgan cheksiz muhabbati mujassamligini alohida ta’kidladi


✔️Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar madhiyaning yaratilish tarixi, undagi ma’no-mazmun, shuningdek, uni to‘g‘ri ijro etish madaniyati haqida yangi bilimlarga ega bo‘lishdi.
🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
