✅ Bugun Bulung‘ur tumanidagi barcha ta’lim muassasalarida 1-soat “Kelajak soati” darslari bilan boshlandi.
🔹Bulung‘ur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O.Jangirov tumandagi 36-umumta’lim maktabida 11-sinf o‘quvchilariga “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz! Biz bag‘rikeng va madaniyatli jamiyat tarafdorimiz” mavzusida “Kelajak soati” darsini o‘tdi.
🔹Ushbu dars maktab o‘quvchilarida bulling (jismoniy, ruhiy va kiber zo‘ravonlik) tushunchasi haqida bilimlarni shakllantirish, uning oqibatlari va oldini olish yo‘llari haqida bilim va ko‘nikmalarni hosil qilishga qaratilgan. Shu bilan birga, bag‘rikenglik, madaniyatli muomala va inson huquqlariga hurmat kabi ijobiy xulq-atvorni rivojlantirish maqsad qilinadi.
🔹“Kelajak soati” darslarining mavzularini milliytarbiya.uz platformasi orqali muntazam kuzatib borish mumkin.


