🔹BOSHQARMA BOSHLIG‘I SAMARQAND  SHAHRIDAGI 82-UMUMTA‘LIM MAKTABIDA “KELAJAK SOATI” MASHG‘ULOTLARINI O‘TDI

Bugun Samarqand viloyatidagi barcha ta’lim muassasalarida darslar “Kelajak soati” darslari bilan boshlandi.

 

Viloyat maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M.Hamdamov Samarqand shahridagi 82-umumta’lim  maktabida 10-sinf o‘quvchilariga “Kelajak soati”darslarini o‘tdi.

Maktablarda bugungi dars “Biz bolalarga nisbatan zoʻravonlikka qarshimiz!” mavzusida tashkil etildi.

“Kelajak soati” darslarining mavzularini milliytarbiya.uz platformasi orqali muntazam kuzatib borish mumkin.

🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati