🔹O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!

Bulung‘ur tumanidagi 48-umumta’lim maktabining bir guruh o‘quvchilari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ichki turizmni rivojlantirish, boy tariximiz va madaniyatimiz bilan tanishish maqsadida Samarqand shahriga sayohatga chiqishdi.

Sayohat davomida o‘quvchilar ulkan madaniy merosimiz bilan tanishib, bir olam taassurotlar olishdi.