🔹PRЕZIDЕNT MASLAHATCHISI SAMARQAND SHAHRIDAGI 81-UMUMTA’LIM MAKTABIDA BO‘LDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mansurbek Olloyorov Samarqand shahridagi 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ta’lim muassasasida tashkil etilgan inklyuziv sinf faoliyati bilan ham tanishdi va “Kelajak soati” darsida ishtirok etdi.

Ta’lim muassasasida inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Shuningdek, Samarqand viloyatida inklyuziv ta’lim tashkil etilgan ta’lim muassasalarida to‘siqsiz muhitni yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va galdagi vazifalar yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.G‘oziyevning taqdimoti bilan tanishdi.

🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati