🔹“Raqamli avlod qizlari” tanlovining viloyat bosqichi davom etmoqda

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Samarqand filialida “Raqamli avlod qizlari” tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda.

Tanlovning birinchi kunida ishtirokchilar o‘zlarining innovatsion loyihalari hamda zamonaviy raqamli yechimlarini hakamlar hay’atiga taqdim etdilar. Taqdimotlar davomida ishtirokchilar bilim, ijodkorlik va tashabbuskorlik yo‘nalishlarida o‘zaro raqobat olib bordilar.

 

Tanlov jarayonlari ochiqlik, shaffoflik va sog‘lom raqobat muhitida o‘tib, iqtidorli yosh qizlarning intellektual salohiyatini namoyon etishga xizmat qilmoqda.

Ayni kunda tanlovning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda. Tanlov doirasida jami 125 ta innovatsion loyiha taqdim etilmoqda.

Jumladan:
— 16–20 yosh toifasida 78 nafar ishtirokchi,
— 21–30 yosh toifasida 47 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.

Tanlov yakunlariga ko‘ra eng munosib ishtirokchilar saralab olinib, keyingi bosqichga yo‘llanma oladi.