⚡️ Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida “Ta’lim korrupsiyadan holi soha” mavzusida tizim xodimlari bilan seminar o‘tkazildi.
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi boshlig‘i Shaxobiddin Djuraboyev so‘zga chiqib, bugungi kunda tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida gapirdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar ta’lim tashkilotlarida fikri toza, korrupsiyaga toqatsiz, yangi avlodni tarbiyalash maqsadida, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida halolik g‘oyalarini singdirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab–quvvatlash muhimligini ta’kidlashdi.
📹Seminar davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.
❇️ BATAFSIL👉 samuzedu.uz

