🔹Ta’lim tizimidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida viloyat hokimining yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari H.To‘xtayev boshchiligida ZOOM orqali kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda viloyat studiyasidan boshqarma rahbariyati, bo‘lim va shu’ba boshliqlari ishtirok etdi. Shuningdek, tuman (shahar) studiyalaridan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining muvofiqlashtirish shu’basi bosh metodistlari, davlat-xususiy sheriklikni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha mutaxassislar, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha mas’ul xodimlar hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari qatnashdi.

Yig‘ilishda o‘quvchilar o‘rtasidagi jinoyatchilikning oldini olish, chaqiriqqacha tayyorgarlik sinfxonalari va “Jasorat maktablari”ning holati, shuningdek, oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim sifati muhokama qilindi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘iga ko’ra, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangani ma’lum qilindi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan aniq topshiriqlar berilib, ta’lim tizimida intizom va mas’uliyatni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati