🔹ZAKOVAT – INTELLEKTUAL BILIMLAR BELLASHUVI

Bulung’ur tuman 2-umumiy o’rta ta’lim maktabida har shanba o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish hamda mantiqiy bilimlarini oshirib borish maqsadida o‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini sinflar kesimida o’tkazilib kelinmoqda.

🔰Qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘lgan bellashuvda maktab 8-V-G-sinflarining faol o‘quvchilaridan tashkil topgan jamoalari ishtirok etishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra “Zakovat” intellektual o‘yinida faol ishtirok etgan o’quvchilar aniqlanib bahorgi oyinlarda maktab guruhida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.