🟠 “MEHRJON” – KUZ QUVONCHI

Kuz bobo dehqonlarimiz va xalqimiz uchun moʻl-hosil, toʻkin-sochinlik fasli. Bobomiz Abu Rayhon Beruniy yozishicha “Mehrjon” bayrami qadim-qadimdan kuz faslida nishonlanib kelingan. Toʻkin kuz oʻz inʼomlari hamda cheksiz saxovatlari bilan qut-baraka va toʻkinchilikni tuhfa etadi.

Yaqinda 4-son Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining tayyorlov aralash kichik guruhida “Mehrjon” bayrami boʻlib oʻtdi. Tarbiyachisi boshchiligida bolajonlar meva-sabzavot bilan bobo dehqon va oltin kuz fasli koʻrinishida sahnaga chiqishdi.

Bolajonlar har bir meva va sabzavotlarga bagʻishlab sheʼr, qoʻshiq, topishmoqlar aytib, raqslar ijro etishdi.

Bahromjonov Arslonbek, Qurbonqulova Muslima, Nasriddinova Marjona kabi tarbiyalanuvchilarning chiqishlari ishtirokchilarga xush yoqdi. Shuningdek, tadbirda faol qatnashgan bolajonlar sovgʻalar bilan taqdirlandi.

✍️ Sevara RUSTAMOVA
4-son DMTT tarbiyachisi.