🟢 Yaxshidan bog‘ qoladi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida….

✅Bugun Bulung‘ur tumanidagi 6-umumta’lim maktabida seminar bo’lib o’tdi. Seminarda tuman hokimi S.Astonov, hokim o‘inbosarlari, tashkilot rahbarlari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i O.Jangirov, bo‘lim xodimlari va barcha umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok etishdi.

Seminarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar, ta’lim muassasalari hududining obodonlashtirishi va jihozlanishi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

So‘ngra, 6-maktabning 70 sotix yer maydoniga 200 tup manzarali va 400 tup mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining bog‘ yaratildi.